Kompaniya Haqida

Kompaniya Haqida

 

Asosiy faoliyati - O'zbekiston Respublikasida ulgurji savdo.

"Millennium Distribution" MChJ quyidagi taniqli brendlarning

eksklyuziv distribyutori hisoblanadi:

"MacCoffee", "Tashkent CHAIR", "TUDOR", "CHARMELLE" va "4 CLEAN".

Kompaniyaning tarixi:

2007 yildan 2010 yilgacha – Rossiyaning  Qozon shahridagi "NefisKosmetiks" OAJning eksklyuziv distribyutorlari bo’lib kelgan."Sorti", "AOS" savdo belgilari (Rossiyadagi eng yirik yuvish va tozalovchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi)

2007 yildan 2009 yilgacha – Germaniyaning  Gamburg shahridagi "DEKGMBH" zavodining distribyutori. O'zbekiston Respublikasi hududidagi "MILAGRO" savdo belgisi (qahva va qaymoq ishlab chiqaruvchilar).

2004 yildan hozirgi kungacha - Shri Lankadagi "AkbarBrothersLtd" kompaniyasining eksklyuziv distribyutori. O'zbekiston Respublikasi hududida "Toshkent choyi" va "TUDOR" (choy mahsulotlari) savdo belgilari.

2009 yildan hozirgi kunga qadar - O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Singapurning «FutureEnterprises» kompaniyasining eksklyuziv distribyutori. "MacCoffee" savdo belgisi (qahva mahsulotlari).

2016 yildan hozirgi kungacha - O'zbekiston Respublikasi hududidagi "ALVIERO" XKning eksklyuziv distribyutori. "CHARMELLE" savdo belgisi (maishiy kimyo).

2017 yilning o'rtalaridan hozirgi kungacha - O'zbekiston Respublikasi hududida "LOTOS GOLD" O'zbekiston Respublikasi QKning eksklyuziv distribyutori. "4 CLEAN" savdo belgisi (maishiy kimyo).

O'zbekiston Respublikasi bozorida zamon bilan hamqadam, ishonchli hamkor va barqaror distribyutorlik kompaniyasi sifatida o'zini namoyon qilgan.

Biz hududlarni muvaffaqiyatli tarzda qamrab olish va mijozlarimiz uchun tovarlarni o'z vaqtida yetkazib berish bilan sifatli xizmatni amalga oshiramiz.

Bular savdo-sotiq va yetkazib berish bo’limining ulkan mehnatidir, ular o’zlarini  to’laligicha mehnatga bag’ishlaydilar.

Bizning kompaniyamiz arsenalida shaxsiy omborxona bazasi mavjud. Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan ortiq bo’lgan omborxonalar Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniyada 100 dan ortiq kishi ishlaydi, shulardan 25 tasi savdo-sotiq bo'limida ishlaydi va savdo sohasida 7-10 yillik tajribaga ega bo’lgan o’z ishlarining mutaxassisidirlar.

Yetkazib berish bo’limi tasarrufida Mercedes-Benz va Volkswagen rusumidagi 16 ta yuk mashinasi mavjud.

 

Biz qanday ish olib boramiz

Savdo-sotiqlar Toshkent shahri bo’ylab PRESELLING tizimi orqali amalga oshiriladi, u savdo vakillarining buyurtmalar to'plashni, shuningdek ertasi kunga tovarlarni yetkazib berishni o'z ichiga oladi.

Hozirgi kunda Toshkent shahri bo’ylab  biz tomondan xizmat ko'rsatilayotgan 3500 dan ortiq chakana savdo do'konlari mavjud.

Bu borada respublikamiz hududlarida yaxshi tashkil etilgan ishlar buzning g’ururimizni uyg’otadi.  Viloyat tarmog'i quyidagi hududlardagi diler(sotuvchi) lar bilan ish olib boorish tizimini ifodalaydi: Toshkent (Almaliq, Angren, Chirchiq, G'azalkent shaharlari), Samarqand (Samarqand sh.), Buxoro (Buxoro sh.), Farg'ona (Andijon sh.), Namangan viloyati (Namangan sh.), Navoiy (Zarafshon va Uchquduq shaharlari), Sirdaryo viloyati (Guliston sh.), Jizzax viloyati (Jizzax sh.), Qoraqalpoq Avtonom Respublika (Nukus sh.). Har bir hududni alohida hududiy menejer boshqaradi, u hududlardagi mahsulotlarni sotish va yuritishga mas'uldir.

 

"Millennium Distribution" MChJ - bu oila, oila esa - bu muhabbat, ishonch, tushunish va g'amho'rlikdir. Bu biz har kuni sheriklarimiz, mijozlarimiz va iste'molchilarimiz bilan bo'lishishadigan omillardir (narsalardir).